Bugun, 29-aprel kuni O'zbekistondagi birinchi informatsion telekanal - UzReport TV 10 yilligini nishonladi. Ushbu tadbirga Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tashrif buyurib, davlat rahbarining tabrigini yetkazdi.
"Mamlakatimiz nodavlat televideniyesining yorqin vakili – "UzReport TV" telekanali o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda. Ushbu muhim sana munosabati bilan bugun tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Prezident rahbarligida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xususiy telekanallar jadal rivojlanib, chinakam gullab-yashnash davriga qadam qo‘ydi. Ularning bugungi rang-barang va ko‘p qirrali faoliyati aynan "UzReport TV" bosib o‘tgan yo‘lga, yaratgan tajribasiga ham tayangan desak, adashmagan bo‘lamiz.
Shunday ekan, bundan buyon ham millionlab teletomoshabinlarning e’tibori va ishonchini qozonishingiz, yangidan yangi professional va ijodiy cho‘qqilarni zabt etishingizni tilaymiz, aziz hamkasblar", - deyiladi tabrikda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты