Bugun, 220may kuni Moskva shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Muloqot davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikning misli ko‘rilmagan sur’atini qayd etildi.
Shuningdek, kelgusida ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yanada boyitish uchun qator sohalar va istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.
Bundan tashqari, vazirlar MDH, ShHT va YeOII doirasidagi muvofiqlashtirish masalalarini , shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyat hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni koʻrib chiqdilar.
"Baxtiyor Saidov joriy yilning 9-iyul kuni Oʻzbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida maʼlumot berdi. Rossiya tomoni ushbu muhim siyosiy tadbirni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va uni Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan Oʻzbekiston fuqarolariga oʻtkazishda tashkiliy yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi”, - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты