Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari xalqaro musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindi

2024-yil 9-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Musulmon donishmandlar kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengashga qabul qilinganlari eʼlon qilindi.

Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash aʼzoligiga qabul qilish haqidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Ahmad Toyyib janoblari o‘z so‘zida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan ko‘plab ulamolar orasidan faqatgina O‘zbekiston muftiysi aʼzo qilinganiga alohida urg‘u qaratdi.

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea bo‘lganini taʼkidlab, O'zbekistondagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuksak eʼtirof etdilar. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты