Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat rahbari so‘zining avvalida Namangan mamlakatning eng barakali, sersuv va serhosil hududlaridan biri, mehnatkash va saxovatpesha, g‘ururi baland, tadbirkorlikda eng ilg‘or insonlar yurti ekanini taʼkidladi.
Ularning mehnati va fidoyiligi bilan Namanganda hayot o‘zgarmoqda. O‘tgan 7 yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o‘sib, jon boshiga daromad 15,5 million so‘mga yetdi. 65 trillion so‘m investitsiya hisobiga 600 ming ish o‘rni yaratildi.
Shu bilan birga, Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun masʼul komplekslar va viloyatdagi rahbarlar tanqid qilindi.
Viloyat eksportini 86 foizi to‘qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Mingbuloq va Kosonsoyda bir gektardan olinadigan daromad viloyat ko‘rsatkichidan 2 barobar kam. Aholiga berilgan 16 ming gektardan 3,5 ming gektari bo‘sh yotibdi. Pop, Chortoq, Norin va Yangiqo‘rg‘onda sanoatlashish darajasi past.
Masʼullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Sayxunobod misolida Uychi tumanidagi 56 ta mahallada ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, tomorqadan 60-70 million so‘m daromad olish bo‘yicha namuna yaratish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110711 | Инструменты