Qirg‘iziston poytaxtidagi Ala-Archa davlat qarorgohida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Jeenbek Kulubayev, Baxtiyor Saidov, Hoqon Fidan, Jeyhun Bayramov, Murat Nurtleu, shuningdek kuzatuvchi davlat – Vengriya tashqi siyosat idorasi rahbari Peter Siyyarto va TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev qatnashdi. Anjuman oldidan Bosh kotib jurnalistlarga joriy tadbir mavzusi “Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik” ekanini eslatib, sammit yakunida 100 dan ziyod masala qamrab olinadigan Bishkek deklaratsiyasi imzolanishini taʼkidladi.
J.Kulubayev esa yashil iqtisodiyot bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilinishi, hujjatga manfaador barcha davlatlar jiddiy qiziqish bildirayotganini qo‘shimcha qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110713 | Инструменты