Ukraina prezidenti telefon orqali muloqotda Donald Trampni AQSh prezidentligi saylovidagi “tarixiy va ishonchli g‘alabasi” bilan tabriklaganini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy birinchilardan bo‘lib Donald Trampni AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi, deya xabar beradi dpa va Reuters agentliklari. Zelenskiyning o‘zi 7-noyabrga o‘tar kechasi o‘zining Telegram-kanalida “prezident Tramp bilan ajoyib telefon suhbati o‘tkazganini va uni tarixiy va ishonchli g‘alabasi bilan tabriklaganini” yozdi.
"Biz yaqin muloqotni davom ettirish va hamkorligimizni rivojlantirishga kelishib oldik. Kuchli va qatʼiyatli AQSh rahbariyati tinchlik va adolatli dunyo uchun muhim", - deyiladi postda.
"Rossiya hujumidan himoyalanishda Ukraina AQSHning yordamiga bog‘liq, - deb taʼkidlaydi dpa agentligi. - Kiyevda Tramp harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligidan va respublikachi buni Kreml egasi Vladimir Putinga katta imtiyozlar bilan qilmoqchi ekanidan qo‘rqish bor".
Germaniyaning ARD ijtimoiy-huquqiy telekanalining Tagesschau axborot dasturi Kiyevdagi muxbiri Rebekka Bart Zelenskiyning bayonotlarini «"AQSH saylovlarida g‘olib bo‘lgan Donald Trampning iltifotini qozonish harakati" deb atadi. Shu bilan birga, Kiyevdagi ko‘plab siyosatchilar Tramp ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanganidan keyin Ukraina va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlarda "yangi dinamika" bo‘lishiga umid qilmoqda, deya taʼkidlaydi Bart.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110713 | Инструменты