Parij va Berlin Donald Trampning AQShdagi saylovlardagi g‘alabasidan keyin “yanada birlashgan, kuchliroq va suveren Yevropa”ni yaratish ustida ish olib boradi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Makronning aytishicha, u allaqachon Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqot qilgan.
“Ushbu yangi sharoitda biz AQSh bilan hamkorlik qilib, manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni himoya qilib, yanada birlashgan, kuchliroq va suveren Yevropa uchun harakat qilamiz”, dedi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110713 | Инструменты