Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Bahraynga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida) Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulatif bin Roshid az-Zayaniyga ishonch yorliqlari nusxalarini onlayn tarzda topshirdi

Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Bahrayn TIV rahbari Abdulatif bin Roshid az-Zayaniy O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholab, tashqi siyosat va barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilganini taʼkidladi.

Ikki mamlakatni tarixiy aloqalar bog‘lab turishi, qardosh xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar esa yuqori darajada ekanini qayd etildi.

O‘zaro munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyorlik tasdiqlandi.

Bahrayn tashqi ishlar vaziri uchrashuv yakunida O‘zbekiston elchisiga ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi masʼuliyatli ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101412 | Инструменты