Yangilangan alifbo töğrisidagi qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi

Özbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonuni qabul qilindi.

Unga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat özbek alifbosi joriy etiladi. Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi. Alifbo tarkibi:

A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).

Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga monelik qilmaydi.

Davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102211 | Инструменты