O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga aʼzo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov maʼlumot berdi.
13-sentyabr kuni Argentina bilan muzokaralar o‘z yakuniga yetgan. 18 davlatdan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzolangan (protokol imzolangach jarayon rasman yakuniga yetgan bo‘ladi). Bu mamlakatlardan ikkitasi Braziliya va Shri-Lanka hisoblanadi. Bu haqda Urunov 12 sentyabr kuni o‘zining LinkedIn‘dagi sahifasida maʼlum qildi.
"JST Jamoatchilik forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, JST bosh direktori o‘rinbosari Syanchen Chjan va bosh direktorning sobiq o‘rinbosari Alan Volf ishtirokida hujjatlarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi. Saida Mirziyoyeva xonim boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada bo‘lib o‘tayotgan JST 2024 jamoat forumida ishtirok etmoqda", — deya qayd etgan u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123023 | Инструменты