Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ikki yilda bir marta o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan dunyoning eng yirik mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi ham ishtirok etmoqda.
17–21-fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu ko‘rgazmada harbiy sanoat korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar, jumladan, dronlar va elektron urush tizimlari, shuningdek ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston uchun ajratilgan povilonlardan “Arslon” 8x8 va 6x6 zirhli transport vositalari, shuningdek, yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan “To‘fon” o‘ziyurar gaubitsasi ham o‘rin oldi.
Besh kunlik tadbir doirasida ilg‘or harbiy texnologiyalar, strategik sheriklik, sanoat innovatsiyalarini namoyishi, kiberxavfsizlik hamda sun'iy intellekt va xavfsizlikning kelajagini belgilaydigan yirik shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты