Ushbu chora-tadbirlar ichimlik suvi iste’molini aniq va shaffof hisobga olish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, hisob-kitoblarning ishonchliligini oshirish hamda poytaxt suv ta’minoti tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Toshkentda kelgusi yilda suv ta’minoti balansini shakllantirish asosiy mezon sifatida belgilandi. “Aqlli” hisoblagichlar oʻrnatiladigan tumanlar tanlab olindi. Bu haqda shahar hokimligi ma'lum qildi.
Unga ko'ra, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari boshchiligida “Texnopark” MCHJ hamda Fransiyaning “SUEZ International SAS” kompaniyasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda 2027-yilda poytaxt aholisining xonadonlariga “aqlli” suv hisoblagichlarini oʻrnatish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, ishlarni bosqichma-bosqich va tizimli tashkil etish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun: 2026-yil boshidan buyon Toshkent shahrining Sergeli, Yakkasaroy, Chilonzor, Uchtepa va Yangihayot tumanlaridagi xonadonlarga 190 mingdan ortiq “aqlli” suv hisoblagichlari bepul oʻrnatildi.
Ushbu chora-tadbirlar ichimlik suvi iste’molini aniq va shaffof hisobga olish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, hisob-kitoblarning ishonchliligini oshirish hamda poytaxt suv ta’minoti tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102415 | Инструменты