Sog‘liqni saqlash vazirligi markazni yuqori sifatda barpo etish muhimligini ta'kidlab, bunda Koreya tajribasi va ish sifatiga ishonishini qayd etdi.
Toshkentda qurilayotgan yangi onkologiya markazi loyihasi doirasida Koreya bilan shartnoma imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, vazir Koreyaning AUM & LEE Architects & Associates kompaniyasi vitse-prezidenti Li Von Seok bilan uchrashgan. Muloqotda ana shu 265 o‘rinli onkologiya markazi qurishning navbatdagi bosqichlari muhokama qilinib, bu bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Loyiha doirasida markaz xodimlari uchun tibbiy xizmat sifati, radiologiya, yadro tibbiyoti va nur terapiyasi yo‘nalishlarida uch bosqichli amaliy o‘quvlar o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.
Vazir hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirar ekan, “Biz uchun markazni yuqori sifatda barpo etish muhim. Koreya tomonining tajribasi va ish sifatiga ishonamiz”, deya ta'kidladi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "tibbiyot klasteri"ning muhim obyekti sanaladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102412 | Инструменты