Namanganda tadbirkordan 65 mln so‘m olgan hokim o‘rinbosari ushlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan 65 mln so‘m olayotganida ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Mansabdor shaxs o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilib, mahalliy tadbirkorga hokimlik tomonidan ijara asosida ajratilgan yer maydonini olib qo‘yib, boshqa tadbirkorga berish bilan tahdid qilgan.

Buning evaziga u tadbirkordan o‘z xonadoniga 20 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari quyosh panellarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlari uchun 65 mln so‘mni xizmat avtomobilida olayotganida ushlangan.

Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты