O'zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ushbu lavozimda Akmal Jumanazarov elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bilan shug'ullanadi.
Mazkur tayinlovga qadar Akmal Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты