O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida Serbiya, Albaniya, Xitoy, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirib, 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi.
Indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xo‘jaligi va 4 mingga yaqin huquqshunoslar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazildi hamda qonuniylik darajasi baholandi.
Huquq ustuvorligi indeksi har yili “World Justice Project” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladi.
Indeks 8 ta indikatorni, jumladan, “Hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi”, “Korrupsiyadan xolilik”, “Davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi)”, “Asosiy huquqlarni himoya qilish”, “Tartib va xavfsizlik”, “Huquqni muhofaza qilish”, “Fuqarolik va jinoiy odil sudlov” kabi indikatorlarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur Indeksda O‘zbekistonga berilgan baho mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat orasida ijobiy imijini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Qayd etish joiz, joriy yilda O‘zbekistonning barcha 8 ta indikator bo‘yicha ko‘rsatkichlarida yaxshilanish kuzatildi. Yuqoridagi natijalarga erishishda O‘zbekistonda ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan maqsadli ishlashning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari yaratilgani ham yordam bermoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122315 | Инструменты