Huawei 1
O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin

2025-yilda O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, parlamentda muxolifatning kafolatlangan huquqlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Qonun loyihasini xorijiy davlatlar parlamentlari tajribasini o‘rgangan holda ishlab chiqish reja qilinmoqda.

Bunda muxolifatning kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish hamda muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash belgilangan.

Bundan tashqari, har chorakda “hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11322 | Инструменты