Jizzax viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan bo‘lgan debitor qarzdorlikni kamaytirish, energiya resurslarini talon-toroj qilish va isteʼmolchilari aniqlanmagan elektr hamda tabiiy gaz resurslari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, 7 047 ta (gaz 2 512, elektr 4 535) holatda resurslardan noqonuniy foydalanish fakti aniqlangan.
Noqonuniy foydalanish oqibatida, aniqlangan 48,1 mlrd. so‘m zararning 20,3 mlrd. so‘m undirilgan.
Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 71 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 12,6 mlrd. so‘m zarar aniqlangan.
Quyosh panel o‘rnatish yillik rejasi 26.800 kVt.ni tashkil etib, amalda 18.820 kVt quyosh panellari o‘rnatilgan.
Aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlaridagi 74 013 ta nostandart gaz yondirgich energiya tejamkoriga almashtirildi, 35 742 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz tejovchi regulyator hamda quvvati 50 kVt.dan yuqori bo‘lgan 1 338 ta yirik isteʼmolchilarga reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatildi.
Shuningdek, olib borilgan nazorat tadbirlari va ko‘rsatilgan yordamlar natijasida 278,1 mln kVt. soat elektr energiyasi va 94,4 mln metr3 tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11401 | Инструменты