Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilda soliq qarzdorligini undirishga oid jami 2 trln 148 mlrd so‘mlik 108 mingdan ortiq hujjatlar kelib tushgan. Ko‘rilgan saʼy-harakatlar natijasida 90 mingdan ortiq 2 trln 20 mlrd so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi taʼminlangan.
Hududiy bo‘limlar tomonidan qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 154 ta 95,2 mlrd so‘mlik mol-mulklar, xususan, 31 ta ko‘chmas mulk, 45 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari, 70 ta avtotransport vositalari hamda 8 ta boshqa turdagi mulklar xatlov olinib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Misol uchun, hududiy bo‘lim tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida "UZGIDROTEXNIK MCHJ"ning o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzi uchun barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilib, bank hisob-raqamlariga inkasso topshiriqnomasi yuborildi hamda qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan 13 ta avtotransport vositasi onlayn auksion savdolarida jami 1 mlrd. 547 mln. so‘mga realizatsiya qilinib, soliq qarzdorligiga yo‘naltirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11401 | Инструменты