O‘zbekiston Prezidenti va O‘mon Sultoni oliy davlat mukofotlari bilan o‘zaro taqdirlandi

Oʻmon Sultoni ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Prezidentni Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirladi.

Davlat rahbari bunday yuksak eʼtirof uchun Oʻmon Sultoniga samimiy minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni butun Oʻzbekiston xalqiga, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va mustahkam hamkorlikka koʻrsatilgan yuksak hurmat ifodasi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Prezident Oʻmon Sultonini mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi.

Ushbu mukofot Oʻmon Sultonining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlariga Oʻzbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111623 | Инструменты