Nyu-Yorkda O‘zbekiston bilan Surinam o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni davlatlarning BMTdagi doimiy vakillari imzoladi.
Surinam Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi.
Surinam - Janubiy Amerikaning shimoli-sharqidagi davlat, g‘arbda Gayana Respublikasi, sharqda Fransiya Gvianasi, janubda Braziliya bilan chegaradosh, shimolda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22223 | Инструменты