Kecha Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston – Italiya sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Italiya Prezidentining qizi - ushbu mamlakat Birinchi ledisi Laura Mattarella bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat davomida mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yana-da mustahkamlash, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashildi.
Oliy martabali mehmon O‘zbekiston hunarmandchiligi namunalari bilan tanishdi, anʼana va urf-odatlarimiz namoyish etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты