Huawei 2
O‘zbekiston va O'mon o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

Maskat shahrida tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O'mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uchrashdi.

"Hamkasbim O'mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy janoblari bilan samimiy uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston va O'mon boy tarixiy va madaniy meros bilan bog'langan, farovon taraqqiyot yo'lida mushtarak qarashlarga ega. O'zbekiston va O'mon tashqi ishlar vazirliklari kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorligimizni yanada boyitish yo'lida ustuvor yo'nalishlarni, jumladan, savdo va iqtisodiyot, "yashil" energetika, o'zaro bog'liqlik, kadrlar salohiyatini oshirish, xalq diplomatiyasini ilgari surish masalalari hamda mintaqaviy va global kun tartibini muhokama qildik. Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to'g'risidagi shartnomani ham imzoladik".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63003 | Инструменты