Huawei 1
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Kampirobod suv ombori bo‘yicha bitim imzolandi

O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan uchrashuvi doirasida bir qator hujjatlar imzolandi.

Jumladan:

— O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma;  

— Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitim;  

— O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va boshqalar.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘ladigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ham muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10701 | Инструменты