AOKAda “O‘zagrosug‘urta” AJ Marketing, innovatsiya va sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Sadriddinzoda ishtirokidagi brifingda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan maʼlumot berildi:
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida 2024 yilda bir qator ishlar bajarildi. Xususan, aholi o‘rtasida sug‘urta xizmatlarining sifati va ko‘lamini oshirish, bog‘cha, maktab va oliy taʼlim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yoshlarni sug‘urtalash va sug‘urtaning yangi turlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratdi.
“O‘zagrosug‘urta” AJning joylardagi sug‘urta markazlarida barcha Sug‘urta turlari buyicha Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyotini bekor kilindi.
2024 yil 1 sentyabrdan boshlab Sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lishi hamda Sug‘urtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanishi sababidan, sug‘urta polislarini O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining yagona elektron axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish joriy qilindi.
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yilda taʼminlangan sug‘urta mukofotlari tezkor maʼlumotlarga ko‘ra 430 mlrd so‘mni tashkil qildi. Jamiyatda sug‘urta xizmatlarini taqdim etishda mahallabay tizimidan keng foydalanib kelinmoqda.
Aholiga keng qamrovli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatildi va buning natijasida Aholi mol-mulkini sug‘urtalash turi bo‘yicha jami 26 889 shartnoma tuzilib sug‘urta mukofoti 40.0 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda maktab o‘quvchilarini sug‘urtalash bo‘yicha 238 535 ta sug‘utar shartnomalari tuzildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10803 | Инструменты