Huawei 1
AQShning 5 ta shtatida favqulodda holat e’lon qilindi

AQShning Kentukki, Virjiniya, Kanzas, Arkanzas va Missuri shtatlarida kuchli qor, yomg‘ir, muzlash va momaqaldiroq tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Sky news xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 ta shtatdagi aholiga bo‘ronlardan hushyor turish va uyda qolish tavsiya etilgan. Kanzas, Arkanzas, Kentukki va Virdjiniya shtatlarida qutb uyurmasi tomonidan boshqariladigan bo‘ron sharqqa harakatlangani sababli favqulodda holat e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, qutb uyurmasi - bu Yerning ikki qutbli mintaqasining har biri atrofida g‘ildirak kabi aylanadigan past bosimli sovuq havo hududidir. Ba’zan Arktikada qutb uyurmasi tebranadi va janubga siljib, Shimoliy Amerikaning ba’zi qismlarini sovuq harorat bilan qoplaydi.

Shuningdek, mamlakat bo‘ylab 1500 ga yaqin reys bekor qilinib, 2000 ta reys kechiktirilgan. Bundan tashqari, bir necha poyezd reyslari bekor qilingan. Og‘ir qish sharoiti butun mamlakat bo‘ylab 62 million kishiga ta’sir qilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10803 | Инструменты