Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev joriy yil 10-oktyabr kuni mamlakat parlamentining tegishli qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston bilan chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv loyihasi, qo‘shni davlatga qancha yer berilgani va Qirg‘iziston nima olgani haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yillik muzokaralardan so‘ng tomonlar "to‘xtamga kelgan va kelishuvga erishgan".
Hammasi bo‘lib Qirg‘izistonga 19 ming ga dan ziyod yer yer tegadigan bo‘ldi, Kampirobod (Andijon) suv ombori suvlari hududi — 4485 ga yer O‘zbekistonniki bo‘lib qoladi, biroq uni ikki davlat birgalikda boshqaradi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston quyidagi hududlarni oladi:
Alpha version: 0.9.1.19 build 11519 | Инструменты