Huawei 1
O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

20 noyabr kuni Rossiya Bosh prokuraturasi bosh prokurori Igor Krasnov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Tashrif doirasida ikki davlat nazorat organlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari ko‘p vektorli va dinamik xususiyatga ega ekanini taʼkidladi.

"Joriy yilning aprel oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvimiz, shuningdek, SHHTga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlari va Bosh prokurorlar muvofiqlashtiruvchi kengashining bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarida aniqlangan Rossiya-O‘zbekiston prokurorlari hamkorligining rivojlanish vektori Rossiya va O‘zbekiston yetakchilari tomonidan belgilab berilgan uzoq muddatli mo‘ljallarga to‘liq javob beradi. Shu bilan birga, GKSni isloh qilish vaqti keldi, deb hisoblayman," - dedi Igor Krasnov.

Shu munosabat bilan uyushma faoliyatini yana-da samarali yo‘lga qo‘yish, yangi umumiy xatarlar va zamonaviy tahdidlarga, jinoiy ko‘rinishlarga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida u Hamdo‘stlik mamlakatlarining barcha Bosh prokuraturalari vakillari hisobidan uning Kotibiyatini kengaytirishni taklif qildi.

Shuningdek, bunday tadbirlarni o‘tkazishga idoraviy taʼlim muassasalarini ham jalb etish taklifini bildirdi.

"Prokurorlar faoliyatida raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ishlanmalari menga maʼlum. Ishonchim komilki, bu tajriba juda zarur bo‘ladi," - dedi Rossiya bosh prokurori.

Bundan tashqari, Rossiya nazorat idorasi rahbari kelgusi yildan malaka oshirish uchun prokurorlar guruhlari, shuningdek, o‘qituvchilar delegatsiyalari bilan almashish masalasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar hamkorlikning bugungi holatini ham muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Xususan, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish va profilaktikasi, xususan, kiberjinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlari bo‘yicha tajriba almashish, prokuratura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, prokuror xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112117 | Инструменты