Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.
Qayd etilishicha, bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish va 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.
Joriy yilda bog‘, tokzor, sabzavot, poliz, ozuqa ekini va issiqxonadan iborat 1,8 million gektar yerlarni ham to‘liq raqamlashtirishga topshiriq berildi.
Shuningdek, ushbu yerlarda ekinlar joylashuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral o‘g‘it sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.
Yig‘ilishda meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu maqsadda aholiga yana 60 ming gektar yerlarni tarqatishga qaror qilindi. Buning natijasida 1,5 million tonna qo‘shimcha mahsulot olib, eksportni yana 200 million dollarga oshirish mumkin bo‘ladi.
Yoshlarni dehqonchilikka yaxshi o‘qitib, bu yerlarda band qilish muhimligi taʼkidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110504 | Инструменты