Huawei 1
O‘zbekistonni Qirg‘iziston orqali Xitoy bilan bog‘lovchi temir yo‘l qurilishi 4 mlrd dollarga baholanmoqda

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi taxminan 4 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda 6-dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida “Qirg‘iziston temir yo‘li” milliy korxonasi bosh direktori o‘rinbosari Dastan Usubaqunov ma’lum qildi.

Hozirda Xitoy va Oʻzbekiston tomonlari bilan moliyalashtirish va mablagʻ jalb qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

"Qirg'iziston-Xitoy-O'zbekiston yo'lining qurilishi tranzitimizni oshiradi. Biz har doim bu janubiy oqim ekanligini aytib kelganmiz. Aynan Qirg'iziston hududi orqali tranzit amalga oshiriladi, ya'ni O'zbekiston orqali Yaqin Sharqqa. Turkmaniston va Eron Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yetib bora olamiz, keyin esa Hindiston, BAA bilan bog‘lanib, Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2024-yilda boshlanishi mumkinligini aytgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50609 | Инструменты