Huawei 1
O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi ilk elchisi bo‘ldi. 24 oktyabr kuni Lyublyana shahrida u Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligida diplomatik protokol boshqarmasi boshlig‘i Natasha Praxga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Telegram kanalida maʼlum qilindi.

Maʼlumot uchun, Oybek Shaxovdinov mart oyida O‘zbekistonning Vengriyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan bo‘lib, qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan. Yaqinda esa u O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi etib ham tayinlangandi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102518 | Инструменты