Huawei 1
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Senat qo‘mitasi raisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxodjayev Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 67 yoshli senator 2017-2025 yillarda O‘zbekistonning Turkiyadagi, 2018 yildan buyon esa bir vaqtning o‘zida Bolgariyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.

Diplomat 1980 yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Ish faoliyati davomida “Toshkentmebel” ishlab chiqarish birlashmasida huquqshunos hamda turli davlat idoralarida masʼul lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1990-1995 yillarda xalq deputati, O‘zbekiston Oliy Majlisi Yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, xorijdagi elchixonalarda ishlab, ishlab chiqarish korxonalariga rahbarlik qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52117 | Инструменты