Huawei 1
OIIB va Shveysariya O‘zbekistonda suv taʼminoti loyihasini moliyalashtiradi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) va Shveysariya Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati suv taʼminoti va kanalizatsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qiymati 8,8 million dollarlik shartnoma imzolandi.

Mazkur tashabbus mamlakatimizning suv taʼsiri ostidagi hududlarida  resurslarni boshqarish, oqava xizmatini yaxshilash va toshqin xavfini olishga qaratilgan.

Loyiha  ayniqsa iqlim o‘zgarishi va aholining o‘sib borayotgan ehtiyoji sharoitida dolzarb bo‘lgan suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha samarali yechimlar topishga hissa qo‘shadi. OIIB faoliyatining yashil infratuzilma va zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi. Shuningdek, mamlakatning ekologiya barqarorligi tamoyiliga sodiqligini taʼkidlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты