Huawei 1
Olaf Shols: O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor

Germaniya kansleri Olaf Shols 15-sentyabr kuni Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida nutq so‘zladi va jurnalistlarning savollariga javob berdi, deb xabar bermoqda Germaniya hukumati matbuot xizmati.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston "Germaniya uchun, jumladan, yaqin kelajak uchun juda muhim hamkor". Bugun uzoq tarixga ega, anʼanaviy Ipak yo‘lida joylashgan Samarqand shahrida Germaniya va O‘zbekiston, qolaversa, butun Markaziy Osiyo mintaqasi o‘rtasidagi munosabatlarning yana-da rivojlanishi haqida so‘zlash imkoniga ega bo‘ldim, dedi u.

"Shuning uchun biz keng formatda ikki tomonlama munosabatlarni, jumladan, nemis kompaniyalari va O‘zbekistonning rivojlanish manfaatlari bir-biriga mos kelishi haqidagi ko‘plab savollar mavjud bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarimizni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qilishimiz muhim edi", — dedi u.

Kansler migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida imzolangan hukumatlararo bitimni alohida qayd etdi.

Bir necha oy davomida tayyorlangan yangi bitim O‘zbekiston fuqarolarining Germaniyaga qonuniy migratsiyasini soddalashtirishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Toshkent Germaniya hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lganlarni qabul qilishi kerak bo‘ladi.

"Bu biz hozir dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan kelishmoqchi bo‘lgan kelishuvlar sxemasiga mos keladi. Biz iqtisodiyotimiz o‘sishi uchun Germaniyaga zarur bo‘lgan mohir ishchilarning zarur immigratsiyasini taʼminlayapmiz. Shu bilan birga, biz oddiy, byurokratik bo‘lmagan tartib-qoidalar haqida kelishib olamiz, toki kim qaytib kelishi kerak bo‘lsa, qaytib kelsin. Bu katta vazifani bajarishda mutlaqo to‘g‘ri yo‘l va shu jihatdan bu qurilayotgan juda katta devorninng kichik bir blokidir" — dedi u.

Shols Shavkat Mirziyoyev bilan Afg‘oniston, Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi, O‘zbekiston taraqqiyoti va "davom etish kerak bo‘lgan demokratlashtirish" masalalarini muhokama qilganini aytdi.

Iyun oyida Der Spiegel jurnali Germaniya hukumati qochqinlik maqomini olish huquqiga ega bo‘lmagan afg‘onlarni “Tolibon” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlarsiz vatanlariga jo‘natish uchun O‘zbekiston bilan yashirin muzokaralar olib borayotgani haqida yozgandi.

Nashrga ko‘ra, may oyi oxirida Germaniya delegatsiyasi ichki ishlar vaziri Fezer topshirig‘i bilan Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston hukumati bilan tegishli rejani muhokama qilgan.

"Nemislar O‘zbekiston hukumatiga aniq reja taklif qilishdi, — deyiladi xabarda. — Unga ko‘ra, Germaniya afg‘on nomzodlarini Toshkentga charter reyslarda jo‘natish uchun yetkazib berishi mumkin edi. U yerdan Afg‘oniston fuqarolarini KamAir xususiy aviakompaniyasining samolyotlarida Kobulga olib borishgan bo‘lardi. Bunday yo‘nalish Berlinning „Tolibon“ hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormasligini kafolatlaydi, ammo u deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan afg‘onlarni deportatsiya qilishi mumkin".

Afg‘onistonliklarning O‘zbekiston orqali deportatsiyasi soddalashtiriladimi, degan savolga kansler «ko‘p sohalarda hamkorlik bo‘yicha maxfiy muzokaralar olib borilayotganini» aytdi.

Shuningdek, kansler tomonlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish masalasini muhokama qilganini taʼkidladi.

"Biz dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi ko‘plab hukumatlar bilan sanksiyalar masalasini va ularni chetlab o‘tish mumkin emasligini muhokama qilyapmiz. Biz uchun bu tamoyil va biz sanksiyalar yordamida ko‘zlagan maqsadimiz manfaatlari yo‘lida yaxshi amaliyotga erishish uchun uni qayta-qayta muhokama qilamiz. Shu maʼnoda bu biz intilayotgan va biz uzoq vaqtgacha mashg‘ul bo‘ladigan vazifadir. Bunga ishonchim komil", — dedi u.

Shuningdek, Germaniya hukumati rahbaridan "Rossiya va Xitoy o‘zining bevosita taʼsir doirasi" deb hisoblaydigan O‘zbekiston va Qozog‘iston Germaniya bilan hamkorlikdan aniq nimaga erishishi so‘raldi.

"Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikka kelsak, biz bu mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashda va siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda davom etishimizni taʼkidlashimiz zarur. Bu ular uchun yaxshi signal, chunki shunda ular mintaqada o‘z mustaqilligi va suvereniteti ustida ishlashlari osonroq bo‘ladi, bu faqat yaxshi hamkorlar mavjud bo‘lgandagina imkonlidir. Germaniya ular uchun muhim", — dedi Shols.

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты