Huawei 1
Oliy Majlis Senatida Malayziya parlamenti Senati Raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Malayziya parlamenti Senati Raisi o‘rinbosari Nur Jazlan Mohamad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar keyingi yillarda Malayziya va O‘zbekiston rahbarlarining o‘zaro munosabatlari mustahkamlanayotgani, buning natijasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib, yangi darajaga ko‘tarilganligi alohida taʼkidladi.

Jumladan, O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar natijasida investitsiya muhiti ijobiy tomonga o‘zgargani mehmon tomonidan alohida qayd etildi.

O‘z navbatida, bu boradagi hamkorlikni kengaytirishda parlament institutidan keng foydalanish masalalari va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tarixiy qadriyatlar inobatga olingan holda islom sivilizatsiyasini o‘rganish va rivojlantirish yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot loyihalarini hamkorlikda olib borish yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot davomida turizm va savdo-iqtisodiy sohalarda ham aloqalarni rivojlantirish hamda ikki mamlakat xalqlarini birlashtiruvchi madaniy tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102518 | Инструменты