Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tmoqda.
Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish o‘rni bir yilda 440 mingga ko‘paydi.
Xususiy sektorda 5 million so‘mdan ko‘p maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so‘mdan ziyod oylik oladi.
Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan ko‘ra qonuniy faoliyat, sog‘lom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.
Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga ko‘paydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari o‘tgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.
Shu davrda yirik soliq to‘lovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari to‘layotgan soliqlar 40 foizga o‘sdi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – soliq to‘laydi”, degan qarash bilan ish yurmasligini hamma, ayniqsa soliqchilar tushunib yetdi.
Sodda qilib aytganda, mansabdorlar tadbirkor bilan muloqot qilishga o‘rgatilib, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha tub burilish yasaldi.
Olti oyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 karra o‘sib, 14 milliard dollarga yetdi.
Bu – investorlarning O‘zbekistonda biznes qilishga ishonchi ortib borayotganidan dalolat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90902 | Инструменты