Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) oʻz tarkibidagi qoʻmitalarining vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi yangi tarkibini eʼlon qildi.
Unda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Omilovich Kasimov OFK Yuridik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, yana 5 nafar hamyurtimiz Konfederatsiyaning turli qoʻmitalari aʼzoligiga qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov OFK Ijroiya qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha aʼzoligiga saylanib, tashkilotning Hakamlar Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11504 | Инструменты