Huawei 1
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Toshkentga keldi

Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91301 | Инструменты