Huawei 1
Ozarbayjon prezidenti Ko‘ksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O'zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91302 | Инструменты