Huawei 1
Ozarbayjon prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.  

Majmua bilan qisqacha tanishuv asnosida Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi vakillariga mazkur ansambl mazmuni va meʼmoriy yechimlari haqida maʼlumot berildi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumenti istiqlolimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan.

Uch ming yildan ziyod davr – ona Vatanimiz hududidagi milliy davlatchilik tarixi ildizlari shu qadar teran. Monumentga eʼtibor qaratgan kishi mana shu zalvorli o‘tmishning badiiy ifodasiga guvoh bo‘ladi.

Oliy martabali mehmonlar, rasmiy xorijiy delegatsiyalarning mamlakatimizga tashrifi doirasida bu yerdagi monumentga gul qo‘yish anʼanaga aylangan.

Delegatsiya aʼzolari majmuada aks ettirilgan allomalar, buyuk sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimizning siymolariga alohida eʼtibor qaratdi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91300 | Инструменты