Huawei 1
Ozarbayjon yetakchisi Haydar Aliyev yodgorligi majmuasida bo‘ldi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Toshkent shahriga kelgach, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Haydar Aliyev yodgorligi majmuasiga bordi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur majmua Ozarbayjon prezidentining 2022-yil iyun oyidagi mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ochilgan edi.

Oliy martabali mehmon yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91301 | Инструменты