Prezident universitetning talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishdi. Shuning bilan davlat rahbari Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Universitetda 14 mingdan ortiq talaba bakalavriat va magistratura bosqichlarida, kunduzgi, sirtqi va masofaviy shakllarda tahsil olmoqda. Bu yerda 579 nafar professor-oʻqituvchi mehnat qiladi.
Taʼlim dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ingliz filologiyasi, matematika, amaliy matematika va fizika yoʻnalishlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilgan. Rossiya va Belarus oliygohlari bilan 14 ta qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilgan.
Tillar fakultetida ming oʻrinli zamonaviy media studiya, shuningdek, xitoy, nemis, fransuz, ingliz va rus tillari markazlari tashkil etilgan. Xalqaro dasturlar doirasida sinxron tarjimonlar tayyorlanmoqda. Yettita laboratoriyani birlashtirgan Xalqaro laboratoriyalar markazida sunʼiy intellekt, mashinali oʻqitish va robototexnika yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Oʻtgan yili muassasada keng koʻlamli qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Talabalarning yashash sharoitlari yaxshilandi. Uchta yangi yotoqxona qurilishi natijasida 1 ming 300 dan ortiq qoʻshimcha oʻrin yaratilib, talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qoplangan. Universitet hududida 240 oʻrinli bolalar bogʻchasi, kutubxona, oshxonalar, yoshlar markazi va anjumanlar saroyi faoliyat yuritmoqda. Oliygoh qoshida “Lochin” futbol jamoasi tashkil etilib, uning mashgʻulotlari uchun zamonaviy maydon qurilgan.
Prezident universitetning talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishdi. Shuning bilan davlat rahbari Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102217 | Инструменты