O'zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov BMT Turizm (UN Tourism) Bosh kotibi Zurab Pololikashviliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
BMT Turizmning Madriddagi shtab-kvartirasida bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston bilan mazkur tashkilot o'rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari xususida fikr almashildi.
UN Tourism Bosh kotibi 2023-yil oktyabr oyida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan Tashkilot Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini yuqori saviyada o'tkazgani uchun O'zbekiston rahbariyatiga yana bir bor minnatdorlik bildirdi. Mazkur sessiyada O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarga alohida e'tibor qaratildi.
Zurab Pololikashvili, shuningdek, O'zbekiston UN Tourismning eng faol a'zosi ekanligini, mazkur tuzilma respublika bilan hamkorlikda eng ko'p loyihalarni amalga oshirayotganini ta'kidladi.
Tashkilot rahbarining aytishicha, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O'zbekiston tashabbusi bilan "2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi qabul qilingani yuksak e'tirofga sazovor.
Uchrashuv yakunda UN Tourism Bosh kotibi ushbu rezolyutsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga hamda barqaror va yashovchan turizmni rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishda barcha davlatlarning faol ishtirokiga umid bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты