O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg'unov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining protokol masalalari bo'yicha o'rinbosari Abdulmajid as-Sammariyga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi.
Tashqi siyosat mahkamasida bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Abdulmajid as-Sammariyga O'zbekiston Prezidenti boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak baholab, tashqi siyosat va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilganini ta'kidladi. Shuningdek, u ikki tomonlama munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarga hissa qo'shishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Saudiya Arabistoni TIV rahbarining o'rinbosari elchiga ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni izchil rivojlantirish borasidagi mas'uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты