O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari amaliy safar bilan Penza viloyatida bo'ldilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA.
Safar davomida Penza viloyati rahbariyati, ishbilarmon doira vakillari bilan samarali uchrashuvlar o'tkazildi.
Muloqotlar chog'ida O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati alohida qayd etildi, shuningdek, hududlararo hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishi o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat ekanligini ta’kidladilar.
Tashrif davomida diplomatlar O'zbekistonning sayyohlik salohiyati to'g'risida batafsil taqdimot o'tkazishdi. Unda Penza viloyati madaniyat va turizm vaziri o'rinbosari Ildar Mavlyudov va hududdagi yetakchi turoperatorlar rahbarlari qatnashdi.
Taqdimotda o'zaro hamkorlikni mustahkamlashda turizm muhim o'rin tutishi qayd etildi. Shuningdek, O'zbekiston chet ellik sayyohlar uchun ochiq mamlakat ekanligi ma’lum qilindi. Jumladan, 93 davlat fuqarolari uchun vizasiz tizim mavjudligi, 70 ta yangi turistik marshrutlar ochilgani va 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshlagani aytib o'tildi.
Penza viloyati turoperatorlari O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga katta qiziqish bildirdi. Ularning aytishicha, Rossiya fuqarolari O'zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlariga sayohat qilishdan zavq olmoqda. Ushbu omillar Penza viloyati va O'zbekiston sayyohlik agentliklari o'rtasidagi yaqin aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Penza tomoni O'zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga ko'maklashishga tayyorligini tasdiqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты