11-22-noyabr kunlari Ar-Riyoz shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan tashkil etilgan diplomatik konferensiyada Namunalar bo'yicha qonunlar to'g'risidagi shartnoma (Design Law Treaty) loyihasi ko'rib chiqildi va O'zbekiston tomonidan imzolandi.
Mamlakatimiz nomidan mazkur xalqaro shartnomani O'zbekiston elchisi Nodirjon Turg'unov imzoladi.
Konferensiyada BIMTga a'zo 193 ta mamlakat ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro shartnoma Gaaga bitimining Jeneva akti bilan tartibga solinmagan protsessual qoidalarni o'z ichiga olib, uning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, Namunalar bo'yicha qonunlar to'g'risidagi shartnomaga qo'shilish milliy sanoat namunalarini chet el davlatlarida ro'yxatdan o'tkazishni osonlashtiradi. Shuningdek, sanoat namunasini ro'yxatga olish bo'yicha qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish imkoniyati vujudga keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112513 | Инструменты