Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev: Ijro organini hammasini Yangi Toshkentga ko‘chirishni reja qilyapmiz

O‘zbekiston ijro etuvchi hokimiyat organlari Yangi Toshkent shahri hududiga o‘tkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni poytaxt atrofida "yashil belbog‘" yaratish bo‘yicha tadbirda maʼlum qildi.

"Yashil makon deganimiz bu bejiz emas, bu — kelajagimiz. Xudo xohlasa, mana Yangi Toshkentni qurib, ijro organini hammasini Yangi Toshkentga ko‘chirishni reja qilyapmiz. Tasavvur qilinglar katta mashinalar kirmaydigan, tirbandliklar yo‘q [hudud] bo‘lib, odamlar bundan faqat foyda ko‘radi", — dedi prezident.

Davlat rahbari, shuningdek, Bokuda bo‘lib o‘tgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida (COP29) so‘zlagan nutqini eslatib o‘tdi, shuningdek, 2025-yilni O‘zbekistonda "Atrof-muhitni muhofaza qilish va „yashil“ iqtisodiyot yili" deb eʼlon qilishni “bejiz” taklif qilmaganini aytdi.

"Agar biz iqtisodiyot barqarorligi bilan mana shu ekologiyaga, yashil iqtisodiyotga eʼtiborimizni bersak… Mana hamma sohada jahon bozoriga chiqmoqchimiz, maqsadimiz bitta — bozor topish. Tadbirkorlarga bozorni ochmasak u tadbirkor shuncha texnologiyani Yevropada, Osiyodan, Amerikadan, Xitoydan olib kelib yotibdi. Ertaga uning mahsuloti qayerga boradi? Bilasizlarmi, ong o‘zgarish kerak. Raqobatbardosh, korrupsiyadan holi qilish uchun texnologiyalarni yangilab, bozorga munosib mahsulot chiqarish kerak. Maqsad — daromad topish, manfaat bo‘lish", — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev yalpi ichki mahsulotni 200 mlrd dollarga yetkazish rejalari haqida gapirdi.

"Boshlaganimizda 51 mlrd [dollar] edi, hozir 110 mlrd bo‘layapti, Qilsa bo‘lar ekan! Shuning uchun xalqimiz, o‘z kelajagimiz, jonajon vatanimiz uchun qilgan hamma rejalarimiz uchun mana shu strategiyamizga munosib harakat qilsak ana shunda marra bizniki bo‘ladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112514 | Инструменты