Huawei 1
Eron uranni boyituvchi ilg‘or sentrifugalardan foydalanishni boshlaganini eʼlon qildi

Eron uranni boyitishda qo‘llanadigan ilg‘or sentrifugalardan foydalanishni boshladi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibof maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati ushbu qadamni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Boshqaruvchilar kengashi uchrashuvida Eronga qarshi rezolyutsiya qabul qilganiga javoban tashlagan.

G‘olibof Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH va Fransiyaning yondashuvini siyosiylashgan va buzg‘unchi deb atadi.

MAGATE Boshqaruv kengashi joriy hafta Eronni yadroviy dastur bo‘yicha agentlik bilan to‘laqonli hamkorlik qilishga noloyiq deya topgan rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Taʼkidlanishicha, MAGATE Eronni Tehron yaqinidagi obyektlarda qayta ishlangan uran zarralari nima sababdan saqlanayotganini ishonarli dalillar bilan asoslashga chaqirgan.

Bundan tashqari, rezolyutsiya Eronni BMT kuzatuvchi organini ushbu yadroviy materialning hozirgi joylashuvi to‘g‘risida xabardor qilishga va MAGATE inspektorlariga mamlakatning barcha yadroviy inshootlariga kirishni taʼminlashga chaqiradi.

Rezolyutsiya, shuningdek, MAGATE bosh direktori Rafel Grossidan uzog‘i bilan 2025 yil bahoriga qadar Eron yadroviy dasturi bo‘yicha yangilangan baholashni taqdim etishni talab qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112514 | Инструменты