Huawei 1
O'zbekiston sayyohlik salohiyati Eronda o'tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqasi turizm bozori simpoziumida taqdim etildi

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev boshchiligidagi delegatsiya 13-15-may kunlari Eronning Kish erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqasi turizm bozori simpoziumida qatnashdi.

Mazkur tadbirda, shuningdek, Eron Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Seyed Rizo Salexi Amiri, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Majid Xon va tashkilotga a'zo davlatlar namoyondalari hamda turizm sohasi vakillari ishtirok etishdi.

Mamlakatimiz rasmiy vakili o'z ma'ruzasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'zlab berdi. Ushbu samarali islohotlar natijasida 2024-yilda yurtimizga 10 million xorijiy sayyohlar kelgani ta'kidlandi.

Simpozium doirasida Eron madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Seyed Rizo Salexi Amiri bilan ikki mamlakat madaniy meros, turizm va hunarmandchilik sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62100 | Инструменты