Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva BMT kecha Bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi.
Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, unda O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi istiqboli uchun muhim bo'lgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Jumladan, dengiz yo'li orqali savdo aloqalarini rivojlantirish, O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, O'zbekistonning so'nggi yillarda qo'shni davlatlar bilan o'zaro yaxshi munosabatlarining ko'lami kengayayotgani, mintaqadagi iqlim o'zgarishi, ekologik muammolarga qaratilayotgan e'tibor va yechimlar, qishloq xo'jaligidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish, onlayn savdo tizimini rivojlantirish, tranzit yo'llarining xavfsizligi masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Muloqot davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi tashqi savdo, transport va kommunikatsiya sohalari hamda bu borada xalqaro darajada qilinishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты